Maple'da matematika: algebradan hosila va integralgaça — amaliy maşğulot misollari
4-kurs, 7-semestrda Maple dasturida amaliy maşğulotlar ötkazdik. Maple — qölda işlaş qiyin bölgan ifodalarni soddalaştiradigan, tenglamalarni yeçadigan, hosila va integral hisoblaydigan, grafik çizadigan kompyuter algebra tizimi.
Bu maqolada amaliy maşğulotlarda işlagan misollarimni mavzular böyiça tartib bilan yozib çiqdim: algebradan boşlab, trigonometriya, matritsalar va hosila orqali integralgaça. Har bir mavzuda aniq misol, kod, natija va qisqa izoh bor. Maqsad — buyruqlarni yodlaş emas, har bir natijaning nima uçun şunday çiqqanini tuşunişdir.
Kodlar Maple’ning oddiy matn körinişida yozilgan.
:=— qiymat beriş,;— natijani körsatiş,:— natijani yaşiriş.
1. Birinçi qadam: özgaruvçilar va oddiy hisob
Eng sodda misol — töğri törtburçakning yuzi:
a := 12:
b := 8:
S := a*b;
Natija: S := 96. Ikki nuqta (:) bilan tugagan qatorlar natijani ekranga çiqarmaydi, faqat qiymatni eslab qoladi.
2. simplify — ifodani soddalaştiriş
simplify murakkab ifodani eng sodda körinişga keltiradi.
simplify((x^2 - 1)/(x - 1));
Natija: x + 1. Maple x^2 - 1 ni (x-1)(x+1) ga ajratib, (x-1) ni qisqartiradi. Bu işni biz uçun avtomatik bajaradi.
3. expand — qavslarni oçiş
expand ifodani yoyib, köphad körinişiga keltiradi.
expand((x - y)^2);
expand((x + 3)^2);
Natijalar:
x^2 - 2*x*y + y^2x^2 + 6*x + 9
Bu qisqa köpaytiriş formulalari: (a - b)^2 = a^2 - 2ab + b^2. Formulani yodlaş şart emas, lekin natijani qölda tekşirib köriş foydali.
4. factor — köpaytuvçilarga ajratiş
factor — expand ning teskarisi.
factor(x^4 - 81);
factor(x^2 - 5*x + 6);
Natijalar:
(x - 3)*(x + 3)*(x^2 + 9)(x - 2)*(x - 3)
Birinçi misolda x^4 - 81 avval (x^2 - 9)(x^2 + 9) böladi, keyin x^2 - 9 yana ajraladi. x^2 + 9 esa haqiqiy sonlarda ajralmaydi.
5. Trigonometriya
Maple’da sin, cos, tan, cot, sec, csc funksiyalari bor. Burçak radianda beriladi, Pi — son π.
sin(Pi/2);
cos(Pi);
simplify(sin(x)^2 + cos(x)^2);
Natijalar: 1, -1 va 1. Oxirgisi asosiy trigonometrik ayniyat.
Trigonometrik tenglamani solve bilan yeçamiz:
solve(sin(x) = 1/2, x);
Odatda Maple bitta (asosiy) yeçim beradi: Pi/6. Lekin sin(x) = 1/2 tenglamaning yeçimlari çeksiz köp. Hammasini oliş uçun avval maxsus özgaruvçini yoqamiz:
_EnvAllSolutions := true:
solve(sin(x) = 1/2, x);
_EnvAllSolutions nima?
_EnvAllSolutions — Maple’ning muhit özgaruvçisi (environment variable). Uning nomi _Env bilan boşlanadi, çunki u solve kabi buyruqlarning işlaş tartibini özgartiradi. Qiymati ikki xil böladi:
false(standart):solvefaqat asosiy yeçimni qaytaradi. Masalan,sin(x) = 1/2uçun faqatPi/6.true:solvebarça yeçimlarni qaytaradi. Davriy funksiyalarda bu davr böyiça takrorlanuvçi butun parametr bilan yoziladi:x = Pi/6 + 2*Pi*_Z1vax = 5*Pi/6 + 2*Pi*_Z1.
Natijadagi _Z1 — ixtiyoriy butun son (..., -1, 0, 1, 2, ...). Maple oxiriga ~ belgisini qöyib (_Z1~) bu son haqida taxmin (assumption) borligini bildiradi. Matematikada buni x = π/6 + 2πk, k ∈ ℤ deb yozamiz.
Boşqa parametrlar ham bor: _B1 — ikki qiymatli (0 yoki 1), _NN1 — manfiy bölmagan butun son. Eng köp uçraydigani _Z1.
Ikki eslatma:
- Muhit özgaruvçisi
restartyoki yangi sessiyadan keyin boşlanğiç holatiga qaytadi. Şuning uçun uni har safar qayta yoziş kerak. - Yana bir öxşaş özgaruvçi —
_EnvExplicit. Agartruebölsa,solveyeçimniRootOf(...)körinişida emas, aniq ifoda qilib berişga harakat qiladi.
Grafikni esa şunday çizamiz:
plot(sin(x), x = 0 .. 2*Pi);
6. Ketma-ketlik tuziş
seq buyruği qoida böyiça ketma-ketlik hosil qiladi. Kvadratlar ketma-ketligi:
seq(n^2, n = 1 .. 6);
Natija: 1, 4, 9, 16, 25, 36. Yiğindi kerak bölsa, sum(n^2, n = 1 .. 6) ni işlatamiz, natija 91.
7. Logarifm
Maple’da natural logarifm ln, istalgan asosli logarifm esa log[asos](son) körinişida yoziladi.
simplify(log[2](8));
solve(ln(x) = 2, x);
solve(2^x = 8, x);
Natijalar: 3, exp(2) (ya’ni e^2) va 3. Körsatkiçli va logarifmik tenglamalarni bir xil usulda, solve bilan yeçamiz.
8. Tenglamalar va tengsizliklar
Çiziqli tenglama:
solve(2*x + 5 = 15, x);
Natija: 5. Kvadrat tenglama:
solve(x^2 - 5*x + 6 = 0, x);
Natija: 2, 3. Tenglamani taqribiy yeçiş kerak bölsa, solve örniga fsolve işlatiladi: u raqamli (kasr) javob beradi. Tengsizliklar ham xuddi şunday yeçiladi:
solve(5*x + 4 <= 19, x);
solve(x^2 - 5*x + 6 > 0, x);
Natijalar: x <= 3 va x < 2 yoki x > 3, ya’ni oraliqlar körinişida (-∞, 2) ∪ (3, ∞).
9. Tenglamalar sistemasi
Ikki noma’lumli sistemani bir buyruq bilan yeçamiz:
eq1 := x + y = 5:
eq2 := x - y = 1:
solve({eq1, eq2}, {x, y});
Natija: {x = 3, y = 2}. Figurali qavslar sistemaning tenglamalari va noma’lumlarini töplam sifatida beradi.
10. Töplamlar ustida amallar
Maple töplamlarni figurali qavsda yozadi:
A := {1, 2, 3, 4, 5}:
B := {4, 5, 6, 7, 8}:
A union B;
A intersect B;
A minus B;
symmdiff(A, B);
Natijalar:
- birlaşma:
{1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8} - kesişma:
{4, 5} - ayirma:
{1, 2, 3} - simmetrik ayirma:
{1, 2, 3, 6, 7, 8}
Qöşimça buyruqlar: member(3, A) — element tegişliligi, nops(A) — elementlar soni, issubset(A, B) — qism töplam ekanini tekşiriş.
11. Vektorlar
Vektorlar bilan işlaş uçun ham linalg paketini ulaymiz:
with(linalg):
a := vector([1, 2, 3]):
b := vector([2, -1, 0]):
evalm(a + b);
dotprod(a, b);
angle(a, b);
Natijalar: yiğindi [3, 1, 3], skalyar köpaytma 0, vektorlar orasidagi burçak Pi/2. Skalyar köpaytma nolga teng bölgani uçun vektorlar özaro perpendikulyar.
12. Matritsalar
A := matrix([[2, 1], [3, 4]]):
B := matrix([[1, 0], [-1, 2]]):
evalm(A + B);
multiply(A, B);
Natijalar: yiğindi [[3, 1], [2, 6]], köpaytma [[1, 2], [-1, 8]]. Matritsaning boşqa xossalari ham bitta buyruq bilan topiladi:
det(A);
trace(A);
inverse(A);
transpose(A);
eigenvalues(A);
A matritsa uçun: determinant 5, iz (trace) 6, teskari matritsa [[4/5, -1/5], [-3/5, 2/5]], transponirlangan matritsa [[2, 3], [1, 4]], xos qiymatlar esa 1 va 5.
Eslatma:
linalgeski paket hisoblanadi. Yangi Maple versiyalaridaLinearAlgebrapaketi tavsiya etiladi, lekin dars davomida bizlinalgbilan işladik.
13. Hosila: diff
Endi eng qiziq qismga keldik: hosila. Maple’da hosila diff(ifoda, x) bilan hisoblanadi.
f := 3*x^4 + 5*x^3 - 7*x^2 + 4*x + 9;
diff(f, x);
Natija: 12*x^3 + 15*x^2 - 14*x + 4. Qölda ham tekşiramiz: (3x^4)' = 12x^3, (5x^3)' = 15x^2, (-7x^2)' = -14x, (4x)' = 4, özgarmasning hosilasi esa nol.
Yuqori tartibli hosilalar
Ikkinçi, uçinçi va undan keyingi hosilalar uçun $ belgisi işlatiladi. x$2 — «x böyiça ikki marta».
f := 2*x^5 - 3*x^4 + 4*x^3 - 5*x^2 + 6*x - 7:
f1 := diff(f, x);
f2 := diff(f, x$2);
f3 := diff(f, x$3);
Natijalar:
f1 = 10*x^4 - 12*x^3 + 12*x^2 - 10*x + 6f2 = 40*x^3 - 36*x^2 + 24*x - 10f3 = 120*x^2 - 72*x + 24
Trigonometrik funksiyalar va köpaytma hosilasi
f := sin(x) + cos(x) + tan(x):
diff(f, x);
f := x^2*sin(x):
diff(f, x);
Natijalar: birinçisi cos(x) - sin(x) + 1 + tan(x)^2 (ya’ni cos x − sin x + sec² x), ikkinçisi 2*x*sin(x) + x^2*cos(x). Ikkinçi misolda köpaytma hosilasi qoidasi (uv)' = u'v + uv' işlatilgan.
Murakkab funksiya va Diff
Diff (boş harf bilan) hosilani hisoblamasdan, faqat çiroyli yozib körsatadi. diff esa hisoblaydi. Ikkisini tenglik bilan yozsak, tayyor formula hosil böladi:
Diff(sin(x^2), x) = diff(sin(x^2), x);
Natija: d/dx sin(x^2) = 2*x*cos(x^2). Bu murakkab funksiya hosilasi qoidasi: taşqi funksiya hosilasi (cos) içki funksiya hosilasiga (2x) köpaytiriladi.
Bitta yozuvda törtinçi tartibli hosila:
Diff(cos(2*x)^2, x$4) = diff(cos(2*x)^2, x$4);
Maple natijani -128*sin(2*x)^2 + 128*cos(2*x)^2 körinişida beradi. Uni 128*cos(4*x) deb soddalaştiriş mumkin: cos(2x)^2 = (1 + cos 4x)/2 ayniyatidan kelib çiqadi.
D operatori
diff ifodaning hosilasini oladi, D esa funksiyaning özining hosilasini oladi:
D(sin);
(D(sin))(Pi);
Natijalar: cos va -1, çunki cos(π) = -1. Funksiyani strelka bilan ham beriş mumkin:
f := x -> ln(x^2) + exp(3*x):
D(f);
Natija: x -> 2/x + 3*exp(3*x).
Xususiy hosilalar
Köp özgaruvçili funksiyada hosila har bir özgaruvçi böyiça alohida olinadi. Avval arctan(x/y) funksiyasi:
f := arctan(x/y):
diff(f, x);
diff(f, y);
Natijalar: y/(x^2 + y^2) va -x/(x^2 + y^2).
Ikkinçi misolda f = (x - y)/(x + y) funksiyasining ikkinçi tartibli xususiy hosilalarini topamiz:
f := (x - y)/(x + y):
Diff(f, x$2) = simplify(diff(f, x$2));
Diff(f, y$2) = simplify(diff(f, y$2));
Diff(f, x, y) = diff(f, x, y);
Natijalar:
f_xx = -4*y/(x + y)^3f_yy = 4*x/(x + y)^3f_xy = 2*(x - y)/(x + y)^3
Aralaş hosila diff(f, x, y) — avval x, keyin y böyiça. Bu yerda diff(f, y, x) ham xuddi şu natijani beradi, çunki funksiya uzluksiz hosilalarga ega. simplify esa natijani ixçam kasr körinişiga keltiradi.
14. Integral: int va Int
Hosiladan keyin teskari amal — integral. Maple’da integral int(ifoda, x) bilan hisoblanadi. Hosiladagi qoida bu yerda ham işlaydi: Int (boş harf bilan) integralni hisoblamasdan, faqat çiroyli yozib körsatadi, int esa hisoblaydi. Ikkisini tenglik bilan yozsak, tayyor formula hosil böladi:
Int(x^2, x = 0 .. 1) = int(x^2, x = 0 .. 1);
Natija: ∫₀¹ x² dx = 1/3. Chegaralar x = a .. b körinişida beriladi. Chegara berilmasa, aniqmas integral hisoblanadi.
Aniq integral: köphad
Int(3*x^2 + 2*x + 1, x = 0 .. 2) = int(3*x^2 + 2*x + 1, x = 0 .. 2);
int(x^4 - 2*x^2 + 3*x - 1, x = 0 .. 1);
Natijalar: 14 va 1/30. Qölda tekşiramiz: birinçisining boşlanğiç funksiyasi x³ + x² + x, uni 2 da hisoblasak 8 + 4 + 2 = 14, 0 da esa nol. Ikkinçisida 1/5 − 2/3 + 3/2 − 1 = 1/30. Bu Nyuton–Leybnis formulasi: ∫ₐᵇ f(x) dx = F(b) − F(a).
Aniq integral: trigonometrik funksiyalar
Int(sin(x), x = 0 .. Pi) = int(sin(x), x = 0 .. Pi);
int(cos(x), x = 0 .. Pi);
Int((1 + cos(x))^2, x = 0 .. Pi) = int((1 + cos(x))^2, x = 0 .. Pi);
Natijalar: 2, 0 va 3*Pi/2. sin x ning [0, π] dagi yuzi 2 ga teng. cos x esa [0, π/2] da musbat, [π/2, π] da manfiy bölgani uçun yuzlar bir-birini bekor qiladi va yiğindi nol çiqadi.
Uçinçi misolda qavsni avval oçamiz: (1 + cos x)² = 1 + 2cos x + cos² x. Ularning integrallari ketma-ket π, 0 va π/2 beradi, yiğindisi 3π/2.
Eslatma:
int(cos(x), x = 0 .. Pi)ning nol çiqişi «yuz nol» degani emas. Integral işorali yuzni hisoblaydi.
Aniqmas integral: köpaytmani yiğindiga aylantiriş
Aniqmas integralda natija funksiya böladi (özgarmas C Maple tomonidan yozilmaydi):
Int(cos(x)*cos(2*x)*cos(3*x), x) = int(cos(x)*cos(2*x)*cos(3*x), x);
Natija:
∫ cos(x) cos(2x) cos(3x) dx = (1/8) sin(2x) + (1/16) sin(4x) + (1/24) sin(6x) + x/4
Qölda bu integralni olişda avval köpaytmani yiğindiga aylantiriş kerak: cos x cos 3x = (cos 2x + cos 4x)/2, keyin yana cos 2x ga köpaytirib, yana bir marta formulani qöllaymiz. Maple bu bütün zanjirni bir qadamda bajaradi. Natijani tekşiriş uçun uni differensiallaş yetarli: diff bizni boşlanğiç funksiyaga qaytarişi kerak.
Aniqmas integral: ratsional kasr
Eng murakkab misol — ratsional funksiya:
Int((3*x^4 + 4)/(x^2*(x^2 + 1)^3), x) = int((3*x^4 + 4)/(x^2*(x^2 + 1)^3), x);
Natija:
-(57/8) arctan(x) - 25x/(8(x²+1)) - 4/x - 7x/(4(x²+1)²)
Qölda bu misol oddiy kasrlarga ajratiş (4/x², (…)/(x²+1), (…)/(x²+1)², (…)/(x²+1)³) va har birini alohida integrallaşni talab qiladi. Maple esa arctan(x) ni va qolgan ratsional qismlarni darhol topadi. Ajratişni körmoqçi bölsak, convert(f, parfrac, x) buyruği işlatiladi.
Aniq integral, lekin elementar emas: evalf
Hamma integralning javobi elementar funksiyalar bilan yozilavermaydi. Misol uçun cos(x)/x ning boşlanğiç funksiyasi — kosinus-integral Ci(x). Bunday holda ham aniq integralning sonli qiymatini olişimiz mumkin:
restart;
Int(cos(x)/x, x = Pi/6 .. Pi/4) = evalf(int(cos(x)/x, x = Pi/6 .. Pi/4), 15);
Natija: 0.322922981113732. evalf(ifoda, 15) ifodani 15 xonali aniqlikda hisoblaydi. Buyruq nomi evalf — «evaluate float» (kasr songa hisobla) degani. restart; esa Maple xotirasini tozalaydi: oldin berilgan barça özgaruvçilar va muhit sozlamalari (_EnvAllSolutions ham) tozalanadi.
Integral bilan işlaşda foydali odatlar
- Avval
Int(...) = int(...)körinişida yozing: natija formula körinişida çiqadi va daftarga köçiriş oson. - Natijani tekşiriş uçun
diff(javob, x)ni hisoblang. Aniqmas integralda u boşlanğiç funksiyani qaytarişi kerak. - Javob çiqmasa yoki murakkab bölsa,
evalf(int(...))bilan sonli qiymatini oling. - Aniq integral işorali yuzni beradi:
cos xmisolidagi kabi nol çiqişi mumkin.
15. Ekstremum, maksimum-minimum va uziliş nuqtalari
Köpinça funksiyani tahlil qilişda uning qayerda «buzilişini» (uzilişini) va qayerda eng katta yoki eng kiçik qiymatga yetişini biliş kerak böladi. Maple buning uçun tört buyruqqa ega: discont (uziliş nuqtalari), singular (maxsus nuqtalar), extrema (lokal ekstremumlar) va maximize/minimize (berilgan oraliqdagi eng katta/eng kiçik qiymat). Bu töttasi — discont, extrema, maximize, minimize — eski kutubxona funksiyalari, şuning uçun ularni ilk marta işlatişdan oldin readlib(...) bilan yuklaş kerak.
Uziliş nuqtalari: discont
discont(ifoda, özgaruvçi) funksiyaning uzluksiz emasligi — uzilişi — qayerda sodir bölişini topadi.
readlib(discont);
discont(exp(1/(x + 3)), x);
Natija: {-3}. x = -3 da maxraj nolga aylanadi, körsatkiçdagi 1/(x+3) çeksizlikka intiladi va funksiya şu nuqtada uzilaadi (ikkinçi tur uzilişi).
Maxsus nuqtalar: singular
singular(ifoda) ifodaning maxsus (osobennost) nuqtalarini — funksiya aniqlanmay qoladigan joylarni — töplam körinişida qaytaradi.
singular(tan(x/(2 - x)));
Natija ikkita töplamdan iborat:
{x = 2}, { x = 2*Pi*(2*_Z1 + 1) / (2*Pi*_Z1 + Pi - 2) }
Birinçisi — x = 2 da içki kasr 2 - x nolga aylanadi, butun ifoda aniqlanmaydi. Ikkinçisi — tan funksiyasining özi x/(2-x) = Pi/2 + Pi*k tenglamani qanoatlantiradigan har bir nuqtada uzilaadi; _Z1 — avval _EnvAllSolutions bölimida körgan ixtiyoriy butun son parametri.
Lokal ekstremumlar: extrema
extrema(ifoda, çeklaşlar, özgaruvçi, 'nom') funksiyaning lokal ekstremum qiymatlarini qaytaradi; töttinçi argumentdagi (tirnoq içidagi) nomga esa ekstremum nuqtalarining özi yoziladi.
readlib(extrema);
extrema(arctan(x) - (1/2)*ln(x^2 + 1), {}, x, 'xo');
Natija: {1/4*Pi - 1/2*ln(2)}. {} — çeklaş yöqligini (erkin ekstremum) bildiradi. Nuqtaning özi xo nomida saqlanadi; uni körmoqçi bölsak, alohida xo; deb yozamiz.
Har doim ham javob şunday ixçam çiqavermaydi. Murakkabroq ifodada extrema natijani RootOf(...) içida qaytarişi mumkin — bu «tenglamaning yeçimi bor, lekin elementar funksiyalar bilan yopiq körinişda yozib bölmaydi» degani:
readlib(extrema);
y := (1/2)*(x^2 - 1/2)*arcsin(x) + x*sqrt((1 - x^2)/4 - Pi*x);
extrema(y, {}, x, 's');
s;
Bunday holda natija bir neça qatorli, kosinus va sinusdan tuzilgan RootOf(...) ifodasi böladi — Maple ekstremum nuqtasining aniq qiymatini emas, uni qanoatlantiradigan tenglamani qaytaradi. Amalda bunday javobni evalf yoki fsolve bilan songa aylantirib işlatiş qulayroq.
Eslatma:
RootOfçiqişi xato emas — bu Maple’ning «yeçim bor, lekin yopiq körinişda yöq» degan tabiiy javobi.
RootOf çiqqan paytda eng amaliy yöl — ekstremum nuqtasining özini qidiriş örniga, funksiyaning berilgan kesmadagi eng katta va eng kiçik qiymatini tögridan-tögri soraş: buning uçun aynan maximize/minimize buyruqlari bor (keyingi bölimda batafsil).
ymax := maximize(y, x = -1 .. 1);
ymin := minimize(y, x = -1 .. 1);
Natijalar: ymax := 0 va ymin := 0. Demak, y funksiyasi [-1, 1] kesmasida eng katta hamda eng kiçik qiymatlarining ikkisi ham nolga teng. RootOfli natijani körgaç darhol qol siltamay, aynan şu usul — maximize/minimize bilan sonli javob oliş — ekstremumni amalda «yopiş» uçun eng işonçli yöl.
Oraliqda eng katta va eng kiçik qiymat: maximize va minimize
extrema lokal ekstremumlarni topadi, maximize va minimize esa berilgan yopiq oraliqda (çegara nuqtalarini ham hisobga olib) funksiyaning eng katta/eng kiçik qiymatini topadi.
readlib(maximize);
readlib(minimize);
f := proc (x) options operator, arrow; x^2*ln(x) end proc;
maximize(f(x), x = 1 .. 2);
minimize(f(x), x = 0 .. 1);
simplify(%);
Natijalar: maximize — 4*ln(2) (x = 2 çegarasida yetişiladi), minimize esa avval soddalaştirilmagan körinişda çiqadi, söng simplify(%) bilan -1/2*exp(-1) ga keltiriladi (% — Maple’da oxirgi hisoblangan natijani belgilaydigan maxsus özgaruvçi). proc (x) options operator, arrow; ... end proc — funksiya e’lon qilişning tölik yoziluvi; qisqaçasi f := x -> x^2*ln(x) biz avval D operatori bölimida körgan edik.
maximize/minimize har doim ham sodda songa qisqaravermaydi: ifoda murakkab bölsa, natija özi — hisoblanmagan, pretty-printlangan maximize(...) çaqiruvi körinişida — qaytişi mumkin. Bunday holda ifodani evalf bilan songa aylantiriş yoki natijani boşqa özgaruvçiga qölda beriş kerak böladi.
Keng tarqalgan xato: extrema’ning söngi argumenti
extremaning töttinçi argumenti — ekstremum nuqtalari yoziladigan nom (yuqoridagi 'xo' yoki 's' kabi), hisoblaniş kerak bölgan ifoda emas. Agar örniga hisoblangan ifoda (masalan, diff(...) natijasi) berilsa, Maple uni nom sifatida qabul qilmaydi va nuqtalar töplami tölinmay qoladi:
y := x^3/(-x^2 + 4);
readlib(extrema);
extrema(y, {}, (diff(x, x))*(diff(s(x), x)));
s(x);
Bu yerda töttinçi argument örnida notöğri ifoda (diff(x,x)*diff(s(x),x)) berilgan, şuning uçun extrema faqat ekstremum qiymatini ({-x^3/(x^2-4)}) qaytaradi, s(x) esa heç qayerga boğlanmagan holiça özgarmay çiqadi. Töğri yoziluv — nom tirnoq içida beriladi: extrema(y, {}, x, 's'), şundan keyingina s; buyruği nuqtalarni körsatadi.
Xulosa
Maple bilan işlaşning asosiy qoidasi oddiy: buyruq nomi iş turini bildiradi.
| Buyruq | Vazifasi |
|---|---|
simplify | soddalaştiriş |
expand | qavslarni oçiş |
factor | köpaytuvçilarga ajratiş |
solve / fsolve | aniq / taqribiy yeçiş |
seq | ketma-ketlik tuziş |
plot | grafik çiziş |
diff / Diff | hosilani hisoblaş / yozib körsatiş |
D | funksiyaning hosilasi |
int / Int | integralni hisoblaş / yozib körsatiş |
evalf | kasr (sonli) qiymatini hisoblaş |
det, inverse, eigenvalues | matritsa xossalari |
discont | uziliş nuqtalarini topiş |
singular | maxsus (osobennost) nuqtalarni topiş |
extrema | lokal ekstremumlarni topiş |
maximize / minimize | oraliqdagi eng katta / eng kiçik qiymat |
readlib | eski kutubxona funksiyasini yuklaş |
Natijani doim qölda ham tekşirib köriş kerak: Maple xato qilmaydi, lekin kiritişda xato qiliş oson.